KASBIY-INNOVATSION FAOLIYATGA TAYYORGARLIKNI TAKOMILLASHTIRISHDA INTERFAOL TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI




KASBIY-INNOVATSION FAOLIYATGA TAYYORGARLIKNI TAKOMILLASHTIRISHDA INTERFAOL TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI


Mualliflar:
Abdualiyev Hamidulla Toxirjonovich


Annotatsiya Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy-innovatsion faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirishda interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasi yoritilgan. Muallif tomonidan “kasbiy-innovatsion faoliyatga tayyorgarlik” tushunchasining mazmuni va tarkibiy komponentlari (motivatsion-qadriyatli, kognitiv, operatsional-faoliyatli, refleksiv-kreativ) aniqlashtirilgan, an’anaviy o‘qitish amaliyotida ushbu tayyorgarlikni shakllantirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar tahlil qilingan. Keys-stadi, loyiha metodi, muammoli o‘qitish, ishbilarmonlik o‘yinlari, “aqliy hujum” hamda raqamli interfaol platformalarni bosqichma-bosqich qo‘llashga asoslangan metodika taklif etilgan va uning samaradorligi pedagogik tajriba-sinov natijalari asosida statistik jihatdan asoslangan. Tadqiqot natijalari interfaol texnologiyalarning tizimli qo‘llanilishi talabalarning innovatsion faollik va kasbiy tayyorgarlik darajasini sezilarli oshirishini tasdiqlaydi. Kalit so'zlar: kasbiy-innovatsion faoliyat, tayyorgarlik, interfaol ta’lim texnologiyalari, keys-stadi, loyiha metodi, muammoli o‘qitish, raqamli platformalar, innovatsion kompetensiya, oliy ta’lim.