MULTIMODAL MATNLARNING DALILLARGA ASOSLANGAN O‘QISH SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHDAGI DIDAKTIK IMKONIYATLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada multimodal matnlarning o‘quvchilarda dalillarga asoslangan o‘qish savodxonligini rivojlantirishdagi didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda matn, jadval, diagramma, grafik, xarita va infografika kabi axborot shakllarining o‘zaro integratsiyasi o‘quvchilarning dalillarni aniqlash, taqqoslash, baholash va xulosa chiqarish ko‘nikmalariga ta’siri yoritilgan. Multimodal topshiriqlar asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonining samaradorligi tajriba natijalari orqali asoslangan. Olingan natijalar multimodal yondashuv o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashi, axborotni tahlil qilishi va o‘z fikrini dalillar bilan asoslash kompetensiyalarini rivojlantirishda samarali vosita ekanini ko‘rsatgan. Kalit so'zlar: multimodal matn, o‘qish savodxonligi, dalillarga asoslangan o‘qish, multimodal savodxonlik, tanqidiy fikrlash, dalil, axborot, infografika, diagramma, o‘qib tushunish, ta’lim texnologiyalari.
