INGLIZ IDIOMALARINI O‘ZBEK TILIGA TARJIMA QILISH MUAMMOLARI VA ULARNING YECHIMLARI




INGLIZ IDIOMALARINI O‘ZBEK TILIGA TARJIMA QILISH MUAMMOLARI VA ULARNING YECHIMLARI


Mualliflar:
Anvarbekova Iroda Abrorbek qizi


Annotatsiya Mazkur maqolada ingliz tilidagi idiomalarni o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan lingvopragmatik va lingvomadaniy muammolar tadqiq etilgan. Tadqiqotda idiomalarning semantik yaxlitligi, milliy-madaniy xususiyatlari hamda kommunikativ vazifalari tahlil qilinib, ularni tarjima qilishda qo‘llaniladigan asosiy strategiyalar aniqlangan. Xususan, frazeologik ekvivalent, tavsifiy tarjima, modulyatsiya, adaptatsiya va kompensatsiya usullarining tarjima samaradorligiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Kalit so'zlar: idioma, frazeologik birlik, tarjima transformatsiyasi, lingvopragmatika, lingvomadaniyat, ekvivalentlik, pragmatik adekvatlik, kommunikativ samaradorlik.