10–12 YOSHLI BADIIY GIMNASTIKACHILARNING TEXNIK TAYYORGARLIGINI SUN’IY INTELLEKT ASOSIDAGI VIDEOANALIZ TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA TAKOMMILASHTIRISH
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada 10–12 yoshli badiiy gimnastikachilarning texnik tayyorgarligini oshirishda sun'iy intellekt asosidagi videoanaliz texnologiyalaridan foydalanishning ilmiy-pedagogik asoslari yoritilgan. Zamonaviy sport amaliyotida mashg'ulotlarni raqamlashtirish va harakatlarni obyektiv tahlil qilish sportchilarning texnik mahoratini rivojlantirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Tadqiqotda videoanaliz texnologiyalari yordamida gimnastikachilar tomonidan bajariladigan texnik elementlarning aniqligi, gavda holati, harakat amplitudasi va muvozanat ko'rsatkichlarini baholash metodikasi ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari kelgusida badiiy gimnastika mashg'ulotlarini individuallashtirish va murabbiy faoliyatini ilmiy asosda takomillashtirishga xizmat qilishi mumkin. Kalit so'zlar: badiiy gimnastika, sun'iy intellekt, videoanaliz, texnik tayyorgarlik, MediaPipe Pose, biomexanika, mashg'ulot jarayoni, sport pedagogikasi, raqamli texnologiyalar.
