O‘ZBEK FANTASTIK ADABIYOTINING TARIXI VA AN’ANALARI: RIVOJLANISH BOSQICHLARINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI




O‘ZBEK FANTASTIK ADABIYOTINING TARIXI VA AN’ANALARI: RIVOJLANISH BOSQICHLARINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI


Mualliflar:
Турсунова Мохира Ильхомжановна


Annotatsiya Maqolada o‘zbek fantastik adabiyotini yagona mafkuraviy mezon asosida emas, balki o‘zaro bog‘liq uch parametr: g‘ayritabiiy unsur¬ning ontologik maqomi, ijtimoiy-mafkuraviy kontekst va janrning institutsionallashuv darajasi asosida davrlashtirish taklif etiladi. Shu asosda mifologik-folklor qatlamidan raqamli davrgacha bo‘lgan oltita taraqqiyot bosqichi ajratiladi. Har bir bosqich tegishli G‘arb nazariy modellari (V. Jirmunskiy, V. Propp, T. Todorov, D. Suvin, R. Jekson), shuningdek, o‘zbek va ingliz adabiyotining muayyan asarlari — “Alpomish” va “Go‘ro‘g‘li” eposlari, Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni, X. Shayxov qissalari, X. To‘xtaboyev romani, Tog‘ay Murod hamda Isajon Sulton asarlari bilan qiyosiy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Kalit so'zlar: o‘zbek fantastikasi, davrlashtirish, ikkilamchi dunyo, kognitiv begonalashtirish, tasavvufiy-ramziy fantastika, subversiv fantastika, qiyosiy adabiyotshunoslik.