AKTYOR BADIIY NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA SHE’RIY DRAMALARNING PEDAGOGIK QIYMATI




AKTYOR BADIIY NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA SHE’RIY DRAMALARNING PEDAGOGIK QIYMATI


Mualliflar:
Tuyg‘unоv Dоniyоr Mirzаyevich


Annotatsiya Mazkur maqolada tarixiy she’riy dramalar vositasida bo‘lajak aktyorlarning badiiy nutqini rivojlantirishning pedagogik asoslari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulug‘bek”, Uyg‘un va Izzat Sultonlarning “Alisher Navoiy” hamda Abdulla Oripovning “Sohibqiron” kabi tarixiy she’riy asarlari misolida aktyorlik mahoratini takomillashtirish imkoniyatlari ochib beriladi. Undan tashqari, tarixiy she’riy dramalarning sahna san’ati va teatr ta’limidagi o‘rni, ularning aktyor nutq madaniyatini shakllantirishdagi imkoniyatlari hamda pedagogik jarayonda qo‘llaniladigan samarali metod va yondashuvlar yoritilgan. Kalit so'zlar: teatr pedagogikasi, badiiy nutq, tarixiy she’riy drama, aktyorlik mahorati, sahna nutqi, fonetika, obrazli tafakkur, dramatik asar, teatr ta’limi, ijrochilik san’ati.