ESP MASHG‘ULOTLARIDA QURILISH MUHANDISLIGI TALABALARINING OG‘ZAKI NUTQ KOMPETENSIYASINI DIFFERENSIALLASHTIRILGAN YONDASHUV ASOSIDA RIVOJLANTIRISH
Mualliflar:
Annotatsiya Bugungi globallashuv sharoitida qurilish muhandisligi mutaxassislarining kasbiy faoliyatida xorijiy tillarni, ayniqsa ingliz tilini mukammal egallashi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur maqolada qurilish muhandisligi yo‘nalishi talabalarining og‘zaki nutq kompetensiyasini differensiallashtirilgan yondashuv asosida rivojlantirish metodikasi yoritilgan. Tadqiqot davomida ESP (English for Specific Purposes) fanini o‘qitishda differensial topshiriqlar, kommunikativ metodlar, loyiha asosida o‘qitish, autentik kasbiy vaziyatlar hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning samaradorligi o‘rganildi. Natijalar differensiallashtirilgan ta'lim talabalarning kasbiy muloqot ko'nikmalarini, erkin fikrlashini, kasbiy terminologiyani qo'llashini va ingliz tilida texnik muloqot olib borish kompetensiyasini sezilarli darajada rivojlantirishini ko'rsatdi. Kalit so'zlar: differensiallashtirilgan ta'lim, og'zaki nutq kompetensiyasi, ESP, qurilish muhandisligi, kommunikativ yondashuv.
