PEDAGOGIK OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA INNOVATSION ILMIY-TADQIQOT MUHITINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada pedagogik oliy ta’lim muassasalarida innovatsion ilmiy-tadqiqot muhitini rivojlantirishning nazariy va tashkiliy-pedagogik jihatlari tahlil qilingan. Ilmiy-tadqiqot muhitining mazmuni, asosiy tarkibiy qismlari hamda uning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi institutsional, ilmiy-metodik, infratuzilmaviy, kommunikativ va qadriyatli omillar aniqlashtirilgan. Innovatsion ilmiy-tadqiqot muhitini rivojlantirishning strategik boshqaruvni takomillashtirish, zamonaviy ilmiy infratuzilmani yaratish, fanlararo hamkorlikni kuchaytirish, yosh tadqiqotchilarni ilmiy loyihalarga jalb etish, ilmiy rahbarlikning kollegial shakllarini joriy qilish, akademik halollikni ta’minlash hamda ilmiy natijalarni ta’lim amaliyotiga transfer qilish kabi ustuvor yo‘llari asoslangan. Shuningdek, ilmiy muhit samaradorligini kompleks baholash va muntazam monitoring qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so'zlar: pedagogik oliy ta’lim, innovatsion muhit, ilmiy-tadqiqot muhiti, ilmiy faoliyat, metodologiya, tadqiqot madaniyati, ilmiy hamkorlik, ilmiy klaster, tadqiqot kompetensiyasi, innovatsion ekotizim, bilimlar transferi.
