ICHKI MIGRANT TALABALARNING TA’LIM JARAYONIDA IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH ORQALI FUQAROLIK POZITSIYASINI MUSTAHKAMLASH YO‘LLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada ichki migrant talabalarning ta’lim jarayonida ijtimoiy faolligini oshirish orqali ularning fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash yo‘llari nazariy va amaliy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqotda ichki migratsiya sharoitida tahsil olayotgan talabalarning ijtimoiy moslashuvi, fuqarolik ongining rivojlanishi hamda ta’lim muhitining tarbiyaviy salohiyati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ochib berilgan. Aksiologik, shaxsga yo‘naltirilgan va kompetensiyaviy yondashuvlar asosida talabalarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik mexanizmlar asoslab berilgan. Kalit so'zlar: ichki migrant talabalar, ijtimoiy faollik, fuqarolik pozitsiyasi, aksiologik yondashuv, fuqarolik ongini rivojlantirish, ijtimoiy-madaniy moslashuv, vatanparvarlik, pedagogik mexanizmlar, oliy ta’lim muhiti, talaba yoshlar
