TAEKVONDO (WT) SPORTCHILARINI TAYYORLASH JARAYONIDA FUNKSIONAL HOLAT VA MAXSUS ISH QOBILIYATI KO'RSATKICHLARINI OPTIMALLASHTIRISH
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada taekvondo (WT) sportchilarini tayyorlash jarayonida funksional holat va maxsus ish qobiliyati ko‘rsatkichlarini optimallashtirishning ilmiy-metodik asoslari yoritilgan. Tadqiqotda sportchilarning yurak-qon tomir va nafas olish tizimi faoliyati, aerob va anaerob imkoniyatlari, maxsus jismoniy ish qobiliyati hamda mashg‘ulot yuklamalariga moslashuv darajasini baholash masalalari tahlil qilindi. Shuningdek, funksional holatni muntazam monitoring qilish, individual mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirish va tiklanish jarayonlarini samarali tashkil etish orqali sportchilarning maxsus ish qobiliyatini oshirish imkoniyatlari asoslab berildi. Tadqiqot natijalari taekvondochilarni tayyorlash jarayonida zamonaviy nazorat vositalari va ilmiy yondashuvlardan foydalanish sportchilarning funksional tayyorgarligini optimallashtirish, musobaqa faoliyatidagi barqarorligini ta'minlash hamda yuqori sport natijalariga erishishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: taekvondo (WT), funksional holat, maxsus ish qobiliyati, sportchilar tayyorlash, funksional tayyorgarlik, aerob imkoniyat.
