PARA-O‘QOTUVCHILARNI TAYYORLASHDA PSIXOMOTOR VA FUNKSIONAL MONITORING ASOSIDA INDIVIDUAL PEDAGOGIK BOSHQARUV METODIKASI




PARA-O‘QOTUVCHILARNI TAYYORLASHDA PSIXOMOTOR VA FUNKSIONAL MONITORING ASOSIDA INDIVIDUAL PEDAGOGIK BOSHQARUV METODIKASI


Mualliflar:
Muradov Farxat Muxmudjanovich


Annotatsiya Maqolaning maqsadi SH1 para-o‘qotuvchilarini tayyorlashda psixomotor va funksional ko‘rsatkichlarni texnik natijalar bilan birgalikda baholash hamda ular asosida individual pedagogik boshqaruv metodikasini asoslashdan iborat. Tadqiqotda 24 nafar para-o‘qotuvchi ishtirok etdi; SH1 sportchilari tajriba va nazorat guruhlarida 6 nafardan qatnashdi. Psixomotor holat oddiy reaksiya vaqti, tepping-test, koordinatsiometr xatosi va diqqat barqarorligi orqali, funksional holat esa qurolni statik ushlab turish, yelka kamari barqarorligi, Stange va Genchi sinamalari orqali baholandi. Ushbu ma’lumotlar SCATTning trace length, hold area, trigger quality va 10 o‘qlik seriya natijalari bilan qiyoslandi. To‘rt haftalik pedagogik ta’sirdan so‘ng tajriba guruhida oddiy reaksiya vaqti 286,4±24,5 ms dan 252,8±20,4 ms ga (P<0,01), tepping barqarorligi 61,7±5,8 dan 74,2±5,1 ballga (P<0,001), koordinatsiometr xatosi 18,6±2,3 dan 12,4±1,8 gacha (P<0,001), diqqat barqarorligi 67,8±6,4 dan 82,1±5,3 ballga oshdi (P<0,001). Natijalar psixomotor va funksional diagnostika faqat qo‘shimcha test emas, balki mashg‘ulot mazmuni, dam oralig‘i va korreksion mashqlarni individual tanlashga xizmat qiluvchi pedagogik qaror vositasi ekanini ko‘rsatdi. Kalit so'zlar: para-o‘q otish, SH1, psixomotor monitoring, funksional nazorat, individual pedagogik boshqaruv, reaksiya vaqti, tepping-test, koordinatsiometr, SCATT, diqqat barqarorligi.