MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MEHNATSEVARLIK FAZILATINING MAZMUNI VA PEDAGOGIK AHAMIYATI




MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MEHNATSEVARLIK FAZILATINING MAZMUNI VA PEDAGOGIK AHAMIYATI


Mualliflar:
Alisherova Raxnamo Odiljon qizi


Annotatsiya Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda mehnatsevarlik fazilatining mazmun-mohiyati, uning shaxs rivojlanishidagi o‘rni hamda pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. Maktabgacha yosh davri bolalarda mehnatga ijobiy munosabat, mustaqillik, mas’uliyatlilik va topshiriqlarni bajarishga bo‘lgan intilish kabi sifatlarni shakllantirishning muhim bosqichi hisoblanadi. Tadqiqotda mehnatsevarlik fazilatining nazariy asoslari pedagogik va psixologik adabiyotlar tahlili orqali yoritildi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari umumlashtirildi. Tadqiqot natijalari bolalarda mehnatsevarlik fazilatining shakllanishida oila va maktabgacha ta’lim tashkilotining hamkorligi, bolalarning yosh xususiyatlariga mos mehnat faoliyatlarini tashkil etish hamda tarbiyachining rag‘batlantiruvchi yondashuvi muhim omil ekanligini ko‘rsatdi. Shuningdek, mehnat faoliyatiga muntazam jalb etilgan bolalarda mustaqillik, mas’uliyat va topshiriqlarni oxirigacha bajarish ko‘nikmalari yuqori darajada rivojlanishi aniqlandi. Kalit so'zlar: mehnatsevarlik, mehnat tarbiyasi, maktabgacha yosh, pedagogik ahamiyat, shaxs rivojlanishi, mustaqillik, mas’uliyatlilik, maktabgacha ta’lim.