TOPISHMOQLARDA OLAM LISONIY MANZARASINING KONSEPTUAL ASOSLARI




TOPISHMOQLARDA OLAM LISONIY MANZARASINING KONSEPTUAL ASOSLARI


Mualliflar:
Muhammadsodiq Shodmonov


Annotatsiya Ushbu maqolada o‘zbek xalq topishmoqlarida olam lisoniy manzarasining konseptual va kognitiv asoslari tadqiq etiladi. Tadqiqotda topishmoqlar shunchaki folklor janri emas, balki insonning bilish (kognitiv) faoliyatini, tafakkur tarzini hamda milliy-madaniy realiyalarni aks ettiruvchi diskursiv birlik sifatida tahlil qilingan. Maqolada topishmoqlardagi implitsit nominatsiya, metaforik ko‘chishlar hamda axborotni kodlashtirishning tipik modellari (o‘rin + belgi + predmet kabi) konkret lingvistik misollar vositasida yoritib beriladi. Inson ongidagi kognitiv bilimlar zaxirasi va assotsiativ aloqalar topishmoqlar yechimini topishda hamda vertikal kontekstni anglashda asosiy omil ekani isbotlangan. Kalit so'zlar: olamning lisoniy manzarasi, kognitiv tilshunoslik, konsept, topishmoq, folklor diskursi, implitsit nominatsiya, metafora, assotsiativ aloqalar, kodlashtirish modellari.