IMMERSIV TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA TALABALARNING TANQIDIY TARIXIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada immersiv texnologiyalar (Virtual Reality – VR, Augmented Reality – AR va Mixed Reality – MR) vositasida oliy ta'lim muassasalari talabalarining tanqidiy tarixiy tafakkurini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari hamda metodik modeli tahlil qilingan. Tarix ta'limida immersiv muhitni tashkil etish talabalarning tarixiy voqea-hodisalarni ko‘p manbali tahlil qilish, sabab-oqibat bog‘liqligini aniqlash, tarixiy dalillarni tanqidiy baholash va tarixiy empatiyani shakllantirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida immersiv texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan metodika talabalarning tarixiy tafakkurini rivojlantirishda samarali vosita ekanligi aniqlangan Kalit so'zlar: immersiv texnologiyalar, virtual reallik, kengaytirilgan reallik, tanqidiy tarixiy tafakkur, tarix ta'limi, raqamli pedagogika, tarixiy empatiya.
