MANTIQIY VA TANQIDIY FIKRLASHGA O̒‘RGATISH - O‘QUVCHILARNI XALQARO TADQIQOTLARGA TAYYORLASH
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur ilmiy maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ularni TIMSS xalqaro baholash dasturlariga tayyorlashning pedagogik asoslari yoritilgan. Tadqiqot davomida 4-sinf o‘quvchilarining matematik va tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonligini oshirish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash va amaliy topshiriqlarni bajarish kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari tahlil qilindi. Shuningdek, TIMSS topshiriqlari asosida tashkil etilgan dars mashg‘ulotlarining samaradorligi o‘rganildi. Natijalar o‘quvchilarning mantiqiy tafakkuri va xalqaro baholash topshiriqlarini bajarish ko‘nikmalari sezilarli darajada rivojlanganligini ko‘rsatdi. Kalit so'zlar: TIMSS, xalqaro baholash, mantiqiy fikrlash, tanqidiy fikrlash, boshlang‘ich ta’lim, 4-sinf, matematik savodxonlik, tabiiy fanlar, kompetensiyaviy yondashuv.
