OAV TILI VA OG‘ZAKI NUTQDA QO‘SHMA GAPLARNING PROPOZITSIONAL INTENSIVLIGI: SINTAKTIK VA PRAGMATIK TAHLIL




OAV TILI VA OG‘ZAKI NUTQDA QO‘SHMA GAPLARNING PROPOZITSIONAL INTENSIVLIGI: SINTAKTIK VA PRAGMATIK TAHLIL


Mualliflar:
Otaxonova Gulshirinoy Kanaxatovna


Annotatsiya Mazkur maqolada ommaviy axborot vositalari (OAV) tili hamda og‘zaki nutqda qo‘llaniladigan qo‘shma gaplarning sintaktik, semantik va pragmatik xususiyatlari propozitsional intensivlik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida mediativ va og‘zaki diskursdagi qo‘shma gaplarning kommunikativ vazifalari, ularning axborot yetkazishdagi samaradorligi hamda ekspressiv imkoniyatlari o‘rganildi. Tadqiqotda diskurs tahlili, qiyosiy tahlil va kontent-analiz metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, OAV tilidagi qo‘shma gaplar ko‘proq mantiqiy izchillik va informativlikni ta’minlashga xizmat qilsa, og‘zaki nutqda ular hissiy-emotsional ta’sirni kuchaytirishga yo‘naltirilgan. Kalit so'zlar: qo‘shma gap, propozitsional intensivlik, OAV tili, og‘zaki nutq, sintaktik birlik, semantik yuklama, kommunikativ maqsad, nutq akti, informativlik, pragmatik xususiyat, diskurs tahlili, sintaktik struktura, predikativ munosabat, ekspressivlik, mediativ nutq, lingvistik tahlil, funksional sintaksis, nutqning ta’sirchanligi, verbal kommunikatsiya, til va tafakkur munosabati.