TALABALARNING TARIXIY TAFAKKUR DARAJASINI BAHOLASH MEZONLARINI ISHLAB CHIQISHDA XALQARO TAJRIBANING NAZARIY VA METODOLOGIK ASOSLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu maqolada talabalarning tarixiy tafakkur darajasini baholash mezonlarini ishlab chiqishning nazariy va metodologik asoslari xalqaro tajriba misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotda Kanada Historical Thinking Project, Stanford universiteti qoshidagi Digital Inquiry Group, International Baccalaureate tarix kursi hamda College Board’ning AP World History tizimi qiyosiy o‘rganildi. Tahlil natijasida tarixiy tafakkurni baholashda tarixiy ahamiyatni belgilash, birlamchi manba bilan ishlash, sabab–oqibatni tahlil qilish, davomiylik va o‘zgarishni aniqlash, tarixiy perspektivani tushunish, dalillangan argument qurish, kontekstualizatsiya va manbalarni o‘zaro tekshirish kabi komponentlar tayanch mezonlar sifatida ajralib chiqdi. Maqolada mazkur komponentlar asosida oliy ta’lim uchun moslashgan mezonlar tizimi, indikatorlar va baholash darajalari taklif etiladi. Natijalar tarix fanini o‘qitishda reproduktiv nazoratdan analitik-diagnostik baholashga o‘tish zarurligini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: tarixiy tafakkur, baholash mezonlari, xalqaro tajriba, tarixiy kompetensiya, birlamchi manba, kontekstualizatsiya, argumentatsiya, oliy ta’lim.
