BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARIDA MILLIY O’ZLIKNI ANGLASHNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI




BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARIDA MILLIY O’ZLIKNI ANGLASHNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI


Mualliflar:
Turaboyev Azamat Maxamadullayevich


Annotatsiya Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida milliy o‘zlikni anglashni shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, bo‘lajak pedagoglarda milliy o‘zlikni anglashni rivojlantirishga ta’sir etuvchi pedagogik va psixologik omillar, jumladan, milliy qadriyatlar, tarixiy xotira, ma’naviy meros, kasbiy identifikatsiya, refleksiv tafakkur hamda ijtimoiy faoliyatning o‘zaro bog‘liqligi asoslab berilgan. Maqolada transformatsiya yondashuvi asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonining bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida milliy o‘zlikni anglashni rivojlantirishdagi ahamiyati ochib berilib, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilingan. Kalit so'zlar: milliy o‘zlikni anglash, identifikatsiya, refleksiv tafakkur, transformatsiya yondashuv, refleksiya, milliy qadriyatlar, tarixiy xotira, ma’naviy meros, etnopsixologiya, ijtimoiy psixologiya va etnopedagogika.