PEDAGOGLARNING KASBIY FAOLIYATIDA STRESSNI BOSHQARISH VA KASBIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI




PEDAGOGLARNING KASBIY FAOLIYATIDA STRESSNI BOSHQARISH VA KASBIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI


Mualliflar:
Abdusamiyev Dilmurod Abdug‘ani o‘g‘li


Annotatsiya mazkur maqolada pedagoglarning kasbiy faoliyatida uchraydigan stress omillari, ularning ta'lim sifati va pedagogik samaradorlikka ta'siri hamda kasbiy barqarorlikni ta'minlashning pedagogik mexanizmlari tahlil qilingan. Maqolada zamonaviy oliy va umumiy o‘rta ta'lim tizimida pedagoglar faoliyatiga ta'sir etuvchi tashkiliy, psixologik va pedagogik omillar tizimli yondashuv asosida o‘rganildi. Stressni boshqarishda refleksiv faoliyat, emotsional intellekt, o‘zini o‘zi boshqarish strategiyalari, kasbiy motivatsiyani qo‘llab-quvvatlash, hamkorlikka asoslangan professional muhit hamda raqamli texnologiyalardan oqilona foydalanishning didaktik imkoniyatlari asoslab berildi. Tadqiqot natijasida pedagoglarning kasbiy barqarorligini ta'minlashga xizmat qiluvchi motivatsion, refleksiv, kommunikativ, tashkiliy va profilaktik komponentlarni o‘z ichiga olgan pedagogik mexanizm ishlab chiqildi. Kalit so'zlar: kasbiy stress, kasbiy barqarorlik, emotsional intellekt, refleksiv faoliyat, pedagogik qo‘llab-quvvatlash, kasbiy motivatsiya, professional farovonlik, rezilyentlik, burn-out, ta’lim sifati.