BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA LINGVISTIK MODELLASHTIRISH MALAKASINI RIVOJLANTIRISHNING TAKOMILLASHTIRILGAN MODELI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida lingvistik modellashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirishning nazariy va metodik asoslari hamda takomillashtirilgan modeli yoritilgan. Tadqiqotda kognitiv, amaliy va kreativ komponentlarning integratsiyasi va ularning ona tili ta’limi samaradorligini oshirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, 4 bosqichli (diagnostik, tayyorlov, tashkiliy va baholash) model 4-sinf ona tili darslari misolida ko‘rsatib berilgan. Natijalar lingvistik modellashtirish grammatik bilimlarni tizimli o‘zlashtirish, mantiqiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirish hamda kommunikativ kompetensiyani oshirishda samarali vosita ekanini tasdiqlaydi. Kalit so'zlar: lingvistik modellashtirish, ona tili ta'limi, boshlang‘ich ta'lim, lingvistik kompetensiya, grammatik modellar, kognitiv komponent, kreativ komponent, interfaol metodlar.
