13–14 YOSHLI YOSH FUTBOLCHILARDA STATIK VA DINAMIK MASHQLARDAN FOYDALANGAN HOLDA TOPGA ZARBA BERISH TEXNIKASINI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI




13–14 YOSHLI YOSH FUTBOLCHILARDA STATIK VA DINAMIK MASHQLARDAN FOYDALANGAN HOLDA TOPGA ZARBA BERISH TEXNIKASINI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI


Mualliflar:
Abduvositov Sardorbek Baxtiyor o'g'li


Annotatsiya Maqolada 13–14 yoshli yosh futbolchilarda topga zarba berish texnikasini statik (statodinamik) va dinamik (Sakrash mashqlari) mashqlarni kontrast trening prinsipi (PAP effekti) asosida birlashtirgan «Statik–Dinamik Texnik Tayyorgarlikning Integratsiyalashgan Modeli» (SDTTI-Model) va uning amaliy ifodasi bo'lgan 24 haftalik tayyorgarlik dasturi orqali takomillashtirish metodikasi taklif etiladi. Tadqiqotda 4 ta sport bazasidagi 205 nafar yosh futbolchi ishtirok etdi (eksperimental guruh n=103, nazorat guruhi n=102). 12-haftalik oraliq natijalar shuni ko'rsatdiki, eksperimental guruhda 11 m masofadan zarba aniqligi o'rtacha 7,5–8,25% ga, 6 daqiqalik yugurish ko'rsatkichi 78–85,8 m ga oshdi (P<0,001), nazorat guruhda esa statistik ahamiyatga ega o'zgarishlar kuzatilmadi (P>0,05). Ishlab chiqilgan SDTTI-Model va 24 haftalik dastur yoshlar futboli amaliyotida samarali pedagogik vosita sifatida tavsiya etiladi. Kalit so'zlar: yosh futbolchi, topga zarba berish texnikasi, statik mashqlar, dinamik mashqlar, kontrast trening, SDTTI-Model, post-aktivatsion potentsiya, sport pedagogikasi, 13–14 yosh, jismoniy tayyorgarlik, 24 haftalik dastur, biomexanika.