TRENERLIK FAOLIYATINI TIZIMLI YONDASHUV ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISHDA «LIDER–TRENER» 6 MODELI METODIKALARINING SAMARADORLIGI (BASKETBOL MISOLIDA)
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada trenerlik faoliyatini tizimli yondashuv asosida takomillashtirishga qaratilgan «Lider–Trener» 6 modeli tarkibidagi olti tizimli metodikaning (TF“IS”2, DIM/1+7, TF–Y8, RT/N+10, RAMP-17, XMI+2/20) tajriba-sinov asosidagi samaradorligi asoslangan. Tajriba O‘zbekistonning bir necha hududida, 120 dan ortiq basketbol treneri va qariyb 400 nafar yosh sportchi ishtirokida, tajriba (EG) va nazorat (NG) guruhlari qiyosida olib borildi. Natijalar har bir metodika bo‘yicha tajriba guruhda statistik ahamiyatga ega o‘sishni (P<0,05–0,001), nazorat guruhda esa ishonchsiz o‘zgarishlarni (P>0,05) ko‘rsatdi. «Lider–Trener» 6 modelining yuqori samaradorligi va amaliy ahamiyati tasdiqlandi. Kalit so'zlar: trenerlik faoliyati, tizimli yondashuv, «Lider–Trener» modeli, basketbol, pedagogik eksperiment, kasbiy kompetensiya, reyting tizimi, raqamli texnologiyalar, samaradorlik, sport pedagogikasi.
