BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA LINGVISTIK MODELLASHTIRISH MALAKALARINI SHAKLLANTIRISHDA RAQAMLI TA’LIM PLATFORMALARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida lingvistik modellashtirish malakalarini rivojlantirishda raqamli ta'lim platformalaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida Wordwall, LearningApps, Quizizz, Google Classroom va Genially platformalaridan foydalanish asosida ishlab chiqilgan topshiriqlarning o‘quvchilarning til hodisalarini modellashtirish, tahlil qilish va umumlashtirish ko‘nikmalariga ta'siri o‘rganildi. Natijalar raqamli platformalar lingvistik modellashtirish jarayonini interaktiv tashkil etish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi hamda o‘quv motivatsiyasini oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Kalit so'zlar: lingvistik modellashtirish, raqamli ta'lim, boshlang‘ich ta'lim, ona tili, Wordwall, LearningApps, Quizizz, interaktiv topshiriqlar.
